Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o'rganish fakulteti Tadqiqot markazi hamda Davlat boshqaruvi shu'basi tomonidan xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda professor-o'qituvchilar, Tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Dildora Shodiyeva ishtirok etib, "Erasmus+ Jean Monnet Module" granti doirasidagi imkoniyatlar, tanlov jarayonlari hamda loyiha tayyorlashning muhim jihatlari yuzasidan ma'lumot berdi.
Seminar mavzulari
- β "Jean Monnet Module" grantining maqsad va vazifalari
- β 2026-yilgi tanlov shartlari va ustuvor yo'nalishlari
- β Ariza topshirish tartibi va texnik talablar
- β Loyiha taklifini tayyorlash, rejalashtirish va baholash bosqichlari
Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Tadbir muvaffaqiyatli o'tkazildi va ishtirokchilar uchun foydali ma'lumotlar bilan ta'minlandi.